O‘z uyini ahmoqona g‘oya sababli yoqib yuborgan "Bavariya" sobiq yulduzining qayg‘uli hikoyasi

  • 27 dekabr, 2021, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

SPORTS.uz futbol olamini hayratga solgan insonlarning hikoyalarini taqdim etishda davom etadi. Futbolchining maydondagi "umr"i juda qisqa. Afsuski, buni barcha charm to‘p ustalari ham anglab etmaydi. Bugun mashhurlik va boylikni birgina ahmoqona "hunar"i sababli qo‘ldan chiqargan "Bavariya" futbolchisi haqida so‘z boradi.

Tecno

19 yoshida Evropaga kelgan braziliyalik iqtidor

Breno Borjis "San-Paulu" jamoasi tarbiyalanuvchisi sanaladi. 2007 yilda himoyachi klubi safida Braziliya chempionligini qo‘lga kiritadi. Yosh va kuchga to‘la yigitning dovrug‘i "ko‘hna qit’a"dagi grandlar "oromini o‘g‘irlaydi". Uning uchun kurashda "Bavariya" 12 million evroni "qurbon" qilib, yakunda g‘olib chiqadi. Qarabsizki, Breno Bundesligada!

Avvaliga turli jamoalarda ijara asosida to‘p tepgan bo‘lsa ham, 2010 yilga kelib Myunxen klubi uni asosiy jamoaga qaytardi. Himoyachi uchun "Latsio" va "Spartak" 20 million taklif qilganiga qaramay, "Bavariya" uni o‘z tarkibida saqlab qolishga qaror qildi. Agar o‘sha yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan voqeadan klubdagilarni ogohlantirilganida, nemislar Brenoni 1 million evro evaziga bo‘lsa ham sotib yuborgan bo‘lar edi...

231314144

"Uyim yonmoqda!!!"

Barchasi 2011 yilning 20 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Brenoning uyida yong‘in chiqdi. Futbolchi is gazidan zarar ko‘rganiga qaramay, xonadon oynasidan tashqariga otilib chiqdi va qo‘shnilarni yordamga chaqirdi. Hech kim yordam bermagani bois, ko‘zlarini shifoxonada ochdi. Baxtiga, farzandlari va turmush o‘rtog‘i o‘sha tong uyda bo‘lmagan.

Falokatdan so‘ng uy egasi 500 ming evro zarar ko‘rgani rasman e’lon qilindi. Politsiya yong‘in sabablarini aniqlash maqsadida tergovni boshlab yuboradi. Natijada, birinchi gumonlanuvchi shaxs sifatida Brenoning o‘zi sug‘urta kompaniyasida shubha uyg‘otdi. Natijada, Germaniya sudi uni ishga oid asosiy gumondor sifatida hibsga olish borasidagi qarorni qabul qildi. "Bavariya" bu borada uni yolg‘izlatib qo‘ygani yo‘q. Garov puli to‘langach, Breno yana yashil maydonga qaytdi, ammo...

Futbolchi kasalxonaga tushganida shifokorlar uning qonida alkogol moddasini aniqlashgani haqidagi ekspertiza xulosalari paydo bo‘lgach, vaziyat ancha keskinlashib ketdi. Sud tergovga Brenoni bir necha bor chaqirganidan keyin haqiqat oshkor bo‘ldi. O‘sha kuni "Bavariya" futbolchisi mast holatda sug‘urta kompaniyasidan kelib tushadigan pullar uchun o‘z uyiga o‘zi o‘t qo‘yganini tan oladi. Natijada, ish sudga oshirildi. Avvalliga , Brenoga 15 yil qamoq jazosi tayinlanishi mumkin edi, biroq turli yumshatuvchi omillar sababli muddat 3 yil 9 oygacha qisqartirildi.

923482934823

"Bavariya" vaziyatni bartaraf etish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Klub prezidenti ommaviy chiqish qildi, turli iltimos va appelyatsiya ham naf bermadi. Qamoqdagi ilk yili yakunida u erkin agent maqomini qo‘lga kiritdi. "San-Paulu" bundan unumli foydalanish maqsadida qamoqxonadagi mahbus bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Eng qizig‘i, bitim Breno qamoqdan chiqqan kunidan boshlab kuchga kiradi. Shunchaki, fantastik echim!

"Qamoqxonadagi hayot meni o‘zgartirib yubordi. Yodimda, ilk bor xotinimdan kelgan xatni o‘qiganimda, tomog‘imga bir narsa tiqilib qolgandek bo‘ldi. Farzandlarimning suratini ko‘rgach, yig‘lab yubordim. Buni barchadan yashirdim. Meni ojiz deb hisoblashlarini istamadim. Birga o‘tirgan 2-3 do‘stim o‘z joniga qasd qilganini ko‘rgach, nimalar qilib qo‘yganimni chuqur his etdim".

03294203942

U qaytdi, ammo poezd ketib bo‘lgan edi

2014 yilning yanvarida braziliyalik qamoq jazosini o‘tab, ozodlikka chiqdi. O‘sha kuniyoq vataniga yo‘l oldi. Uzoq muddat futboldan uzoq bo‘lgani bois, 7 oy davomida "San-Paulu" libosini kiya olmadi. Keyin, uzoq kutilgan debyut amalga oshdi. O‘sha o‘yindan so‘ng Breno hissiyotlarini yashira olmadi:

"Men mast holda gunoh ishga qo‘l urganim rost, ammo buning uchun etarlicha aziyat chekdim. Endi hammasini boshidan boshlamoqchiman! "Bavariya"ga o‘tganimda agentlar menga o‘yin amaliyoti berilishini va’da qilgan edi. Afsuski, zaxirada qolib ketdim. Yangi iqlim, yangi til va jamiyat meni qabul qilmadi".

Achinarlisi shunda-ki, hammasi pozitiv ruhda davom etgani yo‘q. "San-Paulu"da hech narsani uddalay olmagach, klubi uni "Vasko da Gama"ga ijaraga berib yubordi. Shartnoma muddati yakunlanganidan so‘ng, tomonlar yangi bitimga imzo chekmadi. Qamoqdan ozod bo‘lgach, qahramonimiz umumiy hisobda 100 ta o‘yin o‘tkazmay turib, 2020 yilni klubsiz o‘tkazdi.

Brenoning futbol karerasi chinakam gollivud filmlari uchun stsenariy vazifasini o‘tab berishi mumkin. 19 yoshida Janubiy Amerikadan Evropa top klubiga kelgan yigit, qandaydir sug‘urta kompaniyasidan olinadigan pullar uchun amalga oshirilgan jinoyat va qamoq. To‘g‘ri, bu kino baxtli yakun topmaydi, ammo undan bugungi avlod kerakli xulosalarni chiqarib olishi aniq.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev tarjimasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!