Ozarbayjonning “Zirya” futbol klubi faxriy prezidenti Sportni rivojlantirish vaziri qabulida bo‘ldi

  • 2 avgust, 2022, 19:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Joriy yil 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov hamda Ozarbayjoning “Zirya” futbol klubi faxriy prezidenti, Ozarbayjon mini-futbol assotsiatsiyasi ta’sischisi Orxan Mammadov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani, tomonlar o‘rtasida nafaqat savdo-iqtisodiy, balki gumanitar sohada ham keng qamrovli hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shu bilan birga, kelgusida O‘zbekiston va Ozarbayjon sportchilari, xususan futbolchilari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, turli darajadagi musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shu o‘rinda sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov tomonidan 2022 yil avgust oyida Turkiyada bo‘lib o‘tadigan V Islom birdamlik o‘yinlari yuqorida ta’kidlangan rejalar uchun poydevor va tajriba sifatida namoyon bo‘lishi qayd etib o‘tildi.

Janob Orxan Mammadov ham samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirgan holda, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni sport sohasida ham rivojlantirish muhimligi va bu yo‘lda o‘z hissasini qo‘shayotganidan mamnun ekanligini ta’kidladi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon mutasaddilari ishtirokida kelgusida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan uchrashuvlar va tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!