
O‘zaro o‘yinda Iroqqa yutqazgan BAA qulay imkoniyatni qo‘ldan chiqardi
Osiyo mintaqasida Jahon chempionati saralash bosqichi doirasidagi Iroq - BAA uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bahs taqdirini hal etgan yagona gol 53-daqiqada Husain Ali tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, iroqliklar ochkolari sonini 8 taga etkazib olgan holda, 3-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. 9 ochkoga ega BAA ayni paytda 3-pog‘onani band etib turibdi.
Agar BAA bu bahsda mag‘lub bo‘lmaganida, Osiyo uchun taqdim etilgan 5-yo‘llanmaga kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritardi. Hozir bunday imkon Iroq va Livanda ham mavjud.
Fikrlar