O‘zbek boks hamda MMA olami vakillarining kumirlari kim bo‘lgan? ( 1-qism)

CHERY AUTO

Har bir sportchini yoshlikda o‘zi xavas qilgan va u kabi bo‘lishga intilgan qahramoni bo‘lganligi aniq. Albatta, hozirgi kunda o‘zbek boks hamda MMA olamining mashhur vakillari ham yosh sportchilar uchun namuna ekanligiga shubha yo‘q. Vaholanki, ularning ham o‘z vaqtida o‘ziga xos kumirlari mavjud bo‘lgan. Biz bugun ushbu mavzuga e’tibor qaratdik va ularning kumirlari kim bo‘lganligi bilan qiziqdik.

Tecno

Hasanboy Do‘smatov-bokschi

- Yoshligimdan Muhammadqodir Abdullaevga havas qilganman va u kabi bokschi bo‘lishga harakat qilganman. Shuningdek, professional boks olamida filippinlik Menni Pakyaoning janglarini sevib tomosha qilardim. Qisqa qilib aytganda shu ikki bokschi kumirim bo‘lgandi.

IMG_20220328_140410_231_1

Azizbek Abdug‘ofurov- bokschi

- Kumirimiz professional boks olamining mashhur vakili Floyd Meyvezer bo‘lgan. U ishtirokidagi har bir jangni tomosha qilib borganman. Meyvezerning harakatlari, texnikasiga qoyil qolardim.

azizbek-abdugofurov-photo-credit-otabek-khaydarov-buka-boxing-03

Shohasan Mirzamatov- MMA jangchisi

- Har bitta sportchini o‘zining havas qilgan insoni bo‘ladi. Menda ham bunday inson bor edi. Afsuski, endi u oramizda yo‘q. Murod Xonto‘raevni har tomonlama hurmat qilardim,havas qilardim. Ajoyib sportchi bilan bir qatorda yaxshi inson  edi. Murod akamni Alloh rahmatiga olsin!

IMG_20220328_140356_356

Shahobiddin Zoirov- bokschi

- Yoshlikda hamyurtimiz, buxorolik Abbos Atoevga havas qilganman. Uning jang olib borish uslublariga qiziqqanman. Yaqin akamiz bo‘ladi,shuning uchun undan ko‘p maslahatlar olib turaman. U o‘z vaqtida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

310bc4604c6982b2d5fb7c56f17500d2

Humoyun Ibragimov- MMA jangchisi

- MMA ga qiziqishim uyg‘onishidan avval taekvondo, karate,boks, kikboksing,  yunon-rum kurashi va jit kun-do bilan shug‘ullanganman. Lekin bular men xohlayotgan sport turi bo‘lib chiqmadi! MMAga kirib kelishimga akam Elshod Kabirov sababchi bo‘lgan, desam ham yanglishmayman. Sababi, u UFC disklarini sotib olgan va biz birgalikda janglarni tomosha qilardik. O‘sha vaqt Tank Ebbotni janglarini ko‘rganman va qiziqish uyg‘ongan. Keyinchalik Pride promoushenida jang qilgan Fyodor Emelyanenko, Mirko Krokop janglarini tomosha qila boshlaganman. Kumiringiz kim degan savolga albatta, Fyodor Emelyanenko deya javob qilaman. Biroq, Fyodorning jang uslublari menikidan uzoqda bo‘lganligi uchun ko‘proq  Mirko Krokopni kuzatardim.

IMG_20220328_155632_647

Iqboljon Xoldorov- bokschi

- Yoshligimdan boks qiroli Muhammad Ali hamda Roy Jonsning faoliyatiga qiziqqanman. Ularning betakror harakatlariga qoyil qolardim va ular kabi bo‘lishga harakat qilganman.

IMG_20220328_135530_517

Azamat Nuftillaev- MMA jangchisi

- Fyodor Emelyanenkoga havas qilganman. U o‘z vaqtida barcha kuchli raqiblarni mag‘lub eta olgan va uzoq vaqt chempionlik titulini himoya qila olgan. Qolaversa, uning janglari qiziqarli edi. 

IMG_20220328_140149_788

Avliyoxon Hamidov- MMA jangchisi

- Ko‘pchilik biz qatori bo‘lgan MMA jangchilarining kumiri shubhasiz, Fyodor Emelyanenko bo‘lgan deb aytsam yanglishmagan bo‘laman. Uning oktagondagi harakatlari shunchaki fantastika bo‘lgan. Bu savolingizga men ham "So‘ngi Imperator"ni aytgan bo‘lardim.

IMG_20220328_135606_466

Bobousmon Boturov- bokschi

- Menga ko‘proq urushqoq bokschilar yoqqan va havas qilardim.Kumirga keladigan bo‘lsak, o‘z vaqtida profesional bok olamida  barchaning yoqimtoyiga aylangan, Arturo Gatti hamda Oskar De La Xoyani aytgan bo‘lardim.

IMG_20220328_135556_471

Dadaxon Hasanov- MMA jangchisi, referi

- MMA olamiga kirib kelishimning asosiy sababchilaridan biri Fyodor Emelyanenkodir. Aynan Fyodorning janglarini tomosha qilib, bu sport turiga qiziqishim oshgan. 

IMG_20220328_135826_701

A’loxon Abdullaev- bokschi 

- Yoshligimda Konstantin Tszyuga havas qilganman. Uning ringdagi harakatlari, o‘ziga xos uslubi juda yoqardi. Kumirim aynan shu bokschi bo‘lgan. Shuning uchun uning o‘g‘li Tim Tszyuni janglarini ham ko‘rib boraman. Tim kuni kecha ajoyib jang o‘tkazdi va navbatdagi g‘alabasiga erishdi.

IMG_20220328_140222_539

Diyor Mutalibov- MMA jangchisi

- Birinchi raqamli kumirim Habib Nurmagomedov hisoblanadi. U har tomonlama, jangchi va inson sifatida ham yoshlarga namuna bo‘ladigan shaxs.

IMG_20220328_135757_130

Mujibullo Tursunov- bokschi

- Yoshligimdan birinchi Olimpida chempioni Muhammadqodir Abdullaevga havas qilganmiz.Janglarini tomosha qilib katta bo‘ldik va u kabi ringda harakat qilishga intilyapmiz.

IMG_20220328_161226_534

Lazizbek Mullajonov- bokschi

- Kumirim Roy Jons hamda Aleksandr Usik. Menimcha Roy Jonsning harakatlari, texnikasi barchaga maqul tushsa kerak. Usik ham o‘zgacha bokschi. Ularning janglarini tomosha qilib, faqat zavq olasiz.

6df7eee4db6644a8ba821da1030791b1

Humoyuddin Muxtorov-MMA jangchisi

- Yoshligimdan Fyodor Emelyanenkoga havas qilganman. O‘zim ham hozir og‘ir vazn toifasida faoliyat olib bormoqdaman va uning janglarini kuzatib, juda ko‘p narsa o‘rganishga harakat qilaman. U shunchaki tirik afona!

IMG_20220328_140101_540

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev- bokschi

- Kumir haqida gap ketganda o‘zimizning Fazliddin G‘oibnazarovni aytishim mumkin. Bevosita uning janglarini tomosha qilganmiz va harakatlari menga juda maqul keladi. 

IMG_20220328_155557_929

                                                                 Abdumalik Xalokov- bokschi

- Yoshligimdan juda ko‘p bokschilarga havas qilganman. Biroq, ular orasida baribir Roy Jonsga mehrim bo‘lakcha bo‘lgan. Shuning uchun bu savolga Roy Jons deb javob beraman.

wgFcEQ16361776762391_b

 

 

 

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!