O‘zbek futboliga xush kelibsan VAR! Yoxud Zokir Qodirov takroriy lavhani ko‘rgach, penalti belgiladi

  • 20.12.2020 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Ayni damda Namangandagi “Navbahor” markaziy stadionida AGMK hamda “Paxtakor” jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bellashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

E’tiborlisi, ushbu o‘yinning 58-daqiqasida o‘zbek futbolida ilk bor videoassistent referi (VAR) yordamida penalti belgiladi. Uchrashuvni boshqarib borayotgan hakam Zokir Qodirov VAR’ga murojaat qildi va takroriy lavhalarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rgandan so‘ng, to‘p olmaliqliklar himoyachisi Sardor Rahmonovning qo‘liga tekkan, deb topdi va 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi.

Penaltini esa “Paxtakor” a’zosi Jaloliddin Masharipov "Panenka" uslubida darvozaga joylab qo‘ydi va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!