O‘zbek hakami MMAda jang qiladi

  • 15 may, 2020, 17:31
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • MMA
TIGGO 2 PRO

MDH mamlakatlarining MMA olamida “Mangust” nomi bilan mashhur bo‘lgan Mansur To‘g‘izboev hozirgi kunda aralash jang san’atlari bo‘yicha etakchi hakamlarimizdan biri sanaladi. U Qirg‘izistonning WEF promousheni musobaqalari hamda Qozog‘istondagi turnirlarda bosh referi sifatida ko‘p bora faoliyat yuritgan. Qolaversa, o‘zining “Mangust Team” klubida ko‘plab yoshlarga MMA sir-asrorlarini ham o‘rgatib boradi. Ushbu yurtdoshimiz sportchilik faoliyatida ko‘plab g‘alabalar qayd etgan edi.

mangust

Oradagi bir muncha tanaffusdan so‘ng, u yana jang qilish niyatida ekanligini aytib o‘tdi. To‘g‘izboevning ta’kidlashicha, WEFdan  tashqari yana bir qator promoushenlardan unga taklif tushgan. Barchasi o‘z iziga tushib, yana katta musobaqalar qaytsa, u albatta, navbatdagi janglarini o‘tkazishini, hakamlik hamda murabbiylik ishini ham davom ettirishini ma’lum qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sarvar111 anvarxоjaev
15/05/2020 17:57
Ассалому алейкум