
O‘zbekiston - Eron: Bizda legionerlar ko‘proq. Transfer qiymati borasida qaysi terma ustun?
"JCh-2026" saralashi Osiyo mintaqasida 3-tur uchrashuvlari boshlanish arafasida.
Mazkur turda O‘zbekiston terma jamoasini Eronga qarshi o‘yin kutib turibdi. "A" guruhining etakchilari o‘rtasidagi bellashuv 10 oktyabr kuni soat 19:00da start oladi. O‘yin Toshkentdagi "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi.
Taniqli "Transfermarkt" portali talqiniga ko‘ra, Eron terma jamoasining umumiy transfer qiymati 47,45 million evroni tashkil qiladi. Forslar tarkibidagi eng qimmat futbolchi "Inter" forvardi Mehdi Taremi hisoblanadi (10 million evro). Shuningdek, "Shabab Al-Ahli" a’zosi Sardor Azmunning narxi 8 million evroni tashkil qiladi.
Vakillarimiz O‘zbekiston terma jamoasining "Transfermarkt" portalidagi bahosi 38,05 million evroni tashkil etib, tarkibimizdagi eng qimmat futbolchi Abbosbek Fayzullaev hisoblanadi (6 million evro). Shuningdek, "Roma" a’zosi Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov ham taniqli portal talqiniga ko‘ra, ancha yuqori baholanishgan (5 million evro).
O‘zbekiston terma jamoasiga chaqirililgan futbolchilarning 12 nafari legioner hisoblanadi va shulardan ikki nafari kuchli beshlik chempionatlarida (Abduqodir Husanov, "Lans" va Eldor Shomurodov, "Roma") to‘p tepadi.
Eron tarkibida jami 9 nafar futbolchi legioner bo‘lib, shulardan 1 tasi (Mehdi Taremi, "Inter") top-5 chempionatlarida klubida harakat qiladi.
P.S: Abduqodir Husanovning transfer qiymati yangilanishgan so‘ng 2.50 million evrodan 5 million evrogacha oshdi. Shu sababli, blogdagi raqamlar tahrirlandi!
Fikrlar