
O‘zbekiston - Tojikiston (5:1) bellashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"CAFA Nation's Cup" turniri guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Tojikiston o‘yini yakuniga etdi. Unda vakillarimiz yirik 5:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda gollarga Jasur Yaxshiboev, Eldor Shomurodov (penalti), Abbos Fayzullaev, Xojimat Erkinov va Oston O‘runov (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona golini Parviz Umarboev jarima zarbasidan kiritdi.
Ushbu bellashuvning eng yaxshi futbolchisi terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov bo‘ldi. U ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushib, 1 ta gol hamda 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar
БУ ЭРОН ЁПИК ФУТБОЛ БУЛАДИ КУШИМЧА ТАЙМ БУЛСА КЕРАК 1 ТА ГОЛ УЙИН ТАКДИРИНИ ХАЛ КИЛАДИ УЛАРДА КАНОТ УТА БУШ УЙИН КУРСАТАДИ БИЗДА ЭСА ХИМОЯМИЗДА ПАЛАПАРТИШ УЙИНН БОР АГАР ХИМОЯ ПАНД БЕРМАСА УЙИН 3-1 БУЛИШИ АНИК ОМАД ЙИГИТЛАР.