
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi murabbiyi: Avstraliyaga qarshi faqat himoyada o‘ynamoqchi emasmiz
O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda va jamoa sardori Lyudmila Karachik Avstraliyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Midori Honda:
Ertangi o‘yin haqida
- Biz mana shu ergacha etib kelganimiz kutilmagan natija emas. Biz bunga etarlicha tayyorgarlik olib bordik. Yig‘inlar davomida bor kuchimizni ishga solib mashg‘ulotlar o‘tkazdik va ertandi o‘yinga tayyorgarlik olib bordik. Ertaga chiroyli o‘yin ko‘rsatamiz deb o‘ylayman.
Qizlarimizning holati yaxshi. Biz o‘z uyimizda o‘ynaymiz va bu bizga ustunlik beradi.
Ertaga uslub qanday bo‘ladi
- Biz Yaponiya bilan o‘yinda himoyaviy o‘yin ko‘rsatdik, lekin imkoniyatlar ham yaratdik. Ertangi o‘yinda faqat himoyada o‘ynamoqchi emasmiz. Rejamizga tayanib, imkoniyatlar yaratamiz.
Lyudmila Karachik:
Ertangi o‘yin haqida
- Ertaga muhim o‘yinimiz bor. Qizlar tayyor. O‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.
Jamoaning himoya chizig‘i haqida
- Nafaqat himoya, barcha chiziqlarimiz tayyor. Biz o‘zimizga kerakli natijani qayd etishimizga ishonaman.
Fikrlar