O‘zbekiston chempionati. "Bahodir Jalolov" sport maktabi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi

  • 14.02.2026 21:54
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, Olimpiya shaharchasining "Yakkakurashlar" arenasi kichik o‘smirlar  (o‘gil bolalar) o‘rtasidagi mamlakat chempionatiga mezbonlik qilayotgan edi. 

Qariyb, bir hafta davom etgan mamlakat birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. 

Yakunda, 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Bahodir Jalolov nomidagi boksgа ixtisoslashtirilgan sport maktabi jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, chempionatning “Eng yaxshi jamoasi”ga aylandi. 3 ta oltin, 2 kumush va 2 ta bronza medal bilan Toshkent viloyati 2-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 2 ta  oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza medali bilan Andijon viloyati jamoasi kuchli uchlikni yakunlab berdi.

An’anaga muvofiq chempionatning “Eng yaxshi bokschisi” ham aniqlandi va bu nominatsiya Fayozbek Noralievga nasib etdi. Chempionatning “Eng yaxshi hakami” deya Feruza Sulaymonova e’tirof etildi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!