O‘zbekiston chempioni Xabi Alonsoga jamoa tanlab berdi

  • 11.12.2025 06:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

O‘z davrida “Bunyodkor” tarkibida O‘zbekistonning uch karra chempioni, ikki karra mamlakat kubogi sohibi va chempionat to‘purari bo‘lgan braziliyalik futbol yulduzi Rivaldo “Real” bosh murabbiyi Xabi Alonso haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. uchun jamoa tanlab berdi.

- Men Xabi Alonso “Real”da qolishiga umid qilaman. U ajoyib murabbiy, Germaniyada juda katta ishlarni uddalagan.

Agar u ketadigan bo‘lsa, “Liverpul”ga o‘tish ideal variant bo‘ladi. Alonso bu klubni yaxshi biladi, chunki o‘sha erda o‘ynagan va bu omil ko‘p narsani osonlashtiradi. Shunday qilsa, bitta top-klubdan ikkinchisiga o‘tgan bo‘ladi.

Umuman olganda esa, men Xabi Alonso “Real”da qolishi va o‘zining murabbiylik sifatini namoyish etishi tarafdoriman. Buning uchun uni butun jamoa qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi,- dedi Rivaldo One Football nashriga.

Eslatib o‘tamiz, 1999 yili  “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan Rivaldo 2008-2010 yillar davomida Toshkentning “Bunyodkor” klubida faoliyat yuritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!