O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi yangi bosh murabbiy bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi

  • 10.10.2026 11:57
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Gruziyalik tajribali mutaxassis Lasha Gudjedjiani rasmаn dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yangi bosh murabbiyiga aylandi. 

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov va Lasha Gudjedjiani kelishuv shartnomasiga imzo chekishdi. Shveysariyada o‘tgan Lausanne Grand Slam 2026 turniri Lasha Gudjedjiani uchun terma jamoamiz boshqaruvidagi ilk musobaqa bo‘lgan edi. Lozanna turnirida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan dunyoning 77 davlati orasida Top-6ʼtalikdan joy olgandi.

Shuningdek, Yaponiya davlati mezbonlik qilgan XX Osiyo o‘yinlarida terma jamoamiz 2 ta oltin, 2 ta kumush, 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida mezbonlardan so‘ng ikkinchi o‘rinni band etdi.  

Maʼlumot uchun, Lasha Gudjedjiani O‘zbekistonga kelguniga qadar besh yil davomida Gruziya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lgan. Uning qo‘l ostida Gruziya Tokio-2020 Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta kumush, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida esa 1 ta oltin, 2 ta kumush medal qo‘lga kiritgan. 2025 yilda esa uning qo‘l ostidagi Gruziya jahon chempionatining jamoaviy bahslarida chempion bo‘lib, tarixiy natija qayd etdi. Lashaning o‘zi sportchilik davrida ikki bor jahon chempionati sovrindori bo‘lgan. 

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!