O'zbekiston FIFA reytingida Venesuelaning ortda qoldirdimi?
Bugun “FIFA Series-2026” turniri o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Ushbu o‘yin biz uchun yana bir muhim ahamiyatga ega edi. Bellashuvdan oldin O‘zbekiston FIFA reytingida 1462 ochkoga ega bo‘lsa, raqibimiz Venesuelada 1465 ochko mavjud edi.
Agar bugungi o‘yinda asosiy vaqtda g‘alaba qozonilganda, ularni ortda qoldirish imkoniyati bor edi. Ammo uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlangani sababli “oq bo‘rilar” hisobiga atigi 0.03 ochko qo‘shildi.
Shu tariqa, Fabio Kannavaro shogirdlari hozircha FIFA reytingida 50-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar