O'zbekiston futzal terma jamoasi navbatdagi yig'in uchun kengaytirilgan tarkibni e'lon qildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga so‘nggi tayyorgarlik jarayoni boshlandi. Bugundan e’tiboran milliy terma jamoamiz O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazi sport zalida o‘quv-yiğinga kirishdi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev mazkur yig‘in uchun 20 nafar futzalchini jalb etdi. Yig‘in davomida Quvayt milliy terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvi o‘tkazish rejalashtirilgan. Tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq, ushbu o‘yinlar yopiq tarzda o‘tkaziladi.
Nazorat uchrashuvlaridan so‘ng Osiyo kubogiga jo‘nab ketadigan milliy terma jamoamizning 14 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibi e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi qit’a chempionatining tartib raqami bo‘yicha 18-chisi hisoblanadi. Faqatgina to‘rtta jamoa — Eron, O‘zbekiston, Yaponiya va Tailand terma jamoalari Osiyo kubogining barcha musobaqalarida ishtirok etib kelmoqda.
Bu galgi Osiyo kubogida O‘zbekiston milliy terma jamoasi final bosqichini C guruhida boshlaydi. Raqiblarimiz — Yaponiya, Avstraliya va Tojikiston terma jamoalaridir.
Musobaqa o‘yinlari 27 yanvardan 7 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi.
C guruhi o‘yinlari taqvimi
28 yanvar, chorshanba | 17:00
O‘zbekiston — Tojikiston
30 yanvar, juma | 13:00
Avstraliya — O‘zbekiston
1 fevral, yakshanba | 13:00
Yaponiya — O‘zbekiston
O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi
Darvozabonlar:
Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)
Abbos Elmurodov (“BMB PFS”)
Abbos O‘lmasbekov (“BMB PFS”)
Himoyachilar:
Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)
Mashrab Odilov (“BMB PFS”)
Shahzod Sa’diev (“BMB PFS”)
Sunnatilla Jo‘rayev (“Nasaf”)
Anasxon Rahmatov (“Nasaf”)
Qanot o‘yinchilari:
Muhammadali Xusanboev (“BMB PFS”)
Shaxram Fakhriddinov (OKMK)
Xayrulla Solihov (OKMK)
Samariddin Berkinov (“Oil Star”)
Abror Ahmedzjanov (SQB)
Akbar Usmonov (SQB)
Ixtiyor Ropiev (“Nasaf”)
Eldor Nigmatov (“Lokomotiv”)
Burhoniddin Sodiqov (“Lokomotiv”)
Hujumchilar:
Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFS”)
Davlat Ibragimov (“BMB PFS”)
Elbek To‘lqinov (“Oil Star”)
Fikrlar