
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Osiyo Kubogi saralashi oldidan 2 ta nazorat o‘yini o‘tkazadi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash bosqichi oldidan Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Bahodir Ahmedov shogirdlari yig‘in doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan 29 va 30 mart kunlari nazorat uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, bahslar “Yunusobod” sport majmuasida soat 13:00 da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo kubogining saralash uchrashuvlari 10-12 aprel kunlari Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi. Vakillarimiz ushbu bosqichdagi ishtirokini 10 aprel kuni Nepal terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Fikrlar