O‘zbekiston futzal terma jamoasi Rossiya ustidan super kambek amalga oshirdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv vakillarimizning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Dastlab, Anton Sokolov va Grigoriy Valeevning gollari evaziga raqiblarimiz oldinda borgan bo‘lsa, vakillarimiz Muzaffar Ahadjonov, Shaxram Fahriddinovning gollari muvozanatni tikladi. So‘nggi daqiqalarda Akbar Usmonov g‘alaba to‘pini kiritib, g‘alabani biz tomonga og‘dira oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi navbatdagi o‘rtoqlik bellashuvi 21 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!