O‘zbekiston Jahon Chempionatidan ilk uchrashuvni "Mexico City"da o‘tkazadi. Stadion haqida nimlar bilasiz?
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon Chempionatidagi ilk o‘yinini Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv "Mexico City" stadionida, 2026 yilning 17 iyunida, soat 07:00da start oladi.
Mexiko - Amerika qit’asining eng qadimiy shaharlaridan biri hisoblanadi. Poytaxt aholisi 22,2 million kishini tashkil etadi.
"Mexico City" stadioni "Azteka" nomi bilan tanilgan, dunyo futbolining tarixiy arenasi, FIFA Jahon chempionatini uchinchi bor qabul qiladigan ilk stadionga aylanadi.
Stadion Pele va Diego Maradona kabi afsonalarni mundial finalidagi zafarli g‘alabalariga guvoh bo‘lgan.
Fikrlar