O‘zbekiston "JCh-2026"da o‘ynaydigan "Atlanta City" " stadioni haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing

  • 23.12.2025 14:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

O‘zbekiston "JCh-2026"da o‘ynaydigan "Atlanta City" " stadioni haqida qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishing

Atlanta— Jorjiya shtatining “Janubiy poytaxti” sifatida tanilgan. U janubga xos joziba, ijodkorlik va zamonaviylikni o‘zida mujassam etgan megapolisdir. Shahar o‘zining diqqatga sazovor joylari, mashhur restoranlari hamda go‘zal maskanlari bilan barchani o‘ziga rom etgan.

"Atlanta City" stadioni "Mersedes-Benz Stadium" nomi bilan ataladi va u 2017 yil ochilgan bo‘lib, 75 000 muxlisni o‘z bag‘irga sig‘dira oladi. Arenada maydon bo‘ylab aylana video monitor va ochilib-yopiladigan tom mavjud.

Eslatib o‘tamiz, “Atlanta City” stadioni mundial davomida 8 ta o‘yinga mezbonlik qiladi. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi ham o‘z o‘yini ushbu o‘yingohda o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!