O‘zbekiston "JCH-2026"da qancha mukofot puli oladi?
Futbol bo‘yicha Jahon chempionati start olmoqda. FIFA 48 ta ishtirokchi davlat uchun rekord darajadagi mukofot pullarini ajratmoqda. FIFA ma’lumotiga ko‘ra, 2023–2026 yillar oralig‘ida tashkilot 11 milliard dollar (taxminan 9,5 milliard yevro) daromad olishni rejalashtirmoqda. Shu sababli mukofot jamg‘armasi yana oshirilgan.
JCh-2026 mukofot pullari:
Chempion: 42,7 mln yevro
Finalchi: 28,2 mln yevro
3-o‘rin: 24,8 mln yevro
4-o‘rin: 23 mln yevro
5–8-o‘rin: 16,2 mln yevro
9–16-o‘rin: 12,8 mln yevro
17–32-o‘rin: 9,4 mln yevro
33–48-o‘rin: 8,5 mln yevro
Tayyorlov xarajatlari: 2 mln yevro
O‘z tarixida ilk bor mundialda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi kamida 8,5 million yevro kafolatlangan mablag‘ oladi. Agar jamoa yuqori bosqichlarga chiqsa, bu summa yanada oshadi.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi “Oq bo‘rilar” turnirning ilk turida Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da start oladi.

Fikrlar