Oʻzbekiston jiu-jitsu terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etadi
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Xalqaro Jiu-Jitsu Federatsiyasi (JJIF – Ju-Jitsu International Federation)ning kalendar rejasiga muvofiq, 2026 yil 15–19 iyul kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida sportning jiu-jitsu turi bo‘yicha kattalar (erkaklar va ayollar) o‘rtasida X Osiyo chempionati, shuningdek, yoshlar (U16, U18 va U21) o‘rtasida III Osiyo chempionati musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
Qit’amizning eng nufuzli musobaqalaridan biri hisoblangan ushbu chempionatda O‘zbekiston sharafini jami 90 nafar sportchi, murabbiy, hakam va rasmiylardan iborat delegatsiya himoya qiladi. Musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston kattalar terma jamoasi tarkibi quyidagicha:
Delegatsiya rahbari:
(Federatsiya raisi)
Iqbol Kamilov
Bosh kotib:
G‘ayrat Nabiev
Murabbiylar:
Riza Safarov
Umid Saydullaev
Erkaklar:
–56 kg
Temirov Solijon
Mirzaboev Muhammadsamir
–62 kg
Abdusalomov Abobakr
Mahmudov Akmal
–69 kg
Xatamov Doniyorbek
Sodiqov Ulug‘bek
–77 kg
Rahmatullaev Elbek
Bafoev Amirhan
–85 kg
Hashimov Humoyun
Usmonov Ahmadjon
–94 kg
Qodirov Oybek
Mahmudjonov Bobir
Ayollar:
–48 kg
Ortiqbaeva Rayhona
Vahobova Sayyora
–52 kg
Ochilova Vazira
Berdibaeva Gulbahor
–57 kg
Shahzoda Azatova
Xudaybergenova Aizada
–63 kg
Sayimbetova Uldana
Sayitova Zinnura
Mazkur qit’a birinchiligi O‘zbekiston terma jamoasi uchun joriy yilning eng muhim xalqaro startlari oldidan muhim sinov vazifasini bajaradi. Xususan, ushbu musobaqa 19 sentabr – 4 oktyabr kunlari Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida bo‘lib o‘tadigan XX Osiyo o‘yinlari hamda 13–21 dekabr kunlari Saudiya Arabistoni Qirolligining Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladigan VI Jang san’ati va yopiq inshootlardagi Osiyo o‘yinlari oldidan sportchilarimizning tayyorgarlik darajasini baholash, xalqaro tajriba to‘plash va musobaqa amaliyotini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fikrlar