O'zbekiston kubogi. Bugun "Andijon", "Dinamo" va "Lokomotiv" o'z uchrashuvini o'tkazadi
O‘zbekiston kubogining guruh bosqich o‘yinlari davom ettiriladi.
Bugun "B" guruhida 2-tur start oladi. Dastlab, 18:00’dan boshlab "Lokomotiv" - "Dinamo" klublari o‘rtasidagi bellashuv boshlanadi. Guruhning ikkinchi bahsida esa "G‘azalkent" "Lochin" bilan o‘zaro kuch sinashadi. Bu to‘qnashuv soat 19:30’da start oladi.
Shuningdek, bugun "H" guruhida ham 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. "Andijon" klubi safarda "Sho‘rtan" bilan bahs olib boradi. O‘yin esa 18:00’da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar