O‘zbekiston kubogi. Bugun "Navbahor" "chaqilmas yonqoq"qa qarshi maydonga tushadi
Bugun O‘zbekiston kubogi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan bir o‘yin o‘tkaziladi va unda "Aral" o‘z maydonida "Navbahor"ni qabul qiladi.
Nukus shahridagi futbol mahorat maktabi maydoni mezbonlik qiladigan bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:30da start olishi rejalashtirilgan. Nukusliklar kubok guruh bosqichida xuddi shu o‘yingohda "Paxtakor"ni mag‘lub etishning uddasidan chiqqandi.
Ma’lumot uchun, mazkur qarama-qarshilik g‘olibi chorak finalda "Bunyodkor" - "Surxon" o‘yinida zafar quchgan klubga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 3 sentyabr sanasiga belgilangan.
Fikrlar