O'zbekiston kubogi. "Bunyodkor" "Qizilqum"ni ishonchli hisobda taslim etdi. "QMU Jayxun" esa "TerDU"dan ustun keldi

  • 17.05.2026 21:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogi "B" guruhining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Toshkentning "Bunyodkor" klubi safarda "Qizilqum" bilan kuch sinashib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Dastlab, Shahboz Umarov 7-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Shahzodjon Ne’matjonov 26-daqiqada farqni 2 taga yetkazib qo‘ydi.

"QMU Jayxun" esa Aybek Sdikovning 43-daqiqada kiritgan goli evaziga "TerDU"ni mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu tariqa, "Bunyodkor" va "QMU Jayxun" 2-turdan so‘ng 6 ochkodan to‘plagan holda, keyingi bosqich masalasini hal qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!