O‘zbekiston kubogi. “E” guruhida 2-turdan so‘ng Pro liga vakili peshqadamlik qilmoqda
O‘zbekiston kubogining guruh bosqich uchrashuvlari davom etmoqda.
Bugun “E” guruhida 2-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. “QMU Jayxun” kichik 1:0 hisobida “TerDU” jamoasini mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi uchrashuvda “Bunyodkor” ishonchli tarzda “Qizilqum”ni taslim qildi.
Ayni paytda “E” guruhida “QMU Jayxun” va “Bunyodkor” bir xil — 6 ochkodan jamg‘argan holda keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Fikrlar