O‘zbekiston kubogi finali oldidan matbuot anjumani muxlislar qarshisida — “Samarqand darvoza”da bo‘lib o‘tadi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Unga ko‘ra, final oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilari ishtirokidagi matbuot anjumani Toshkent markazida joylashgan “Samarqand darvoza”da bo‘lib o‘tadi.

Rejaga ko‘ra, Shota Arveladze ham, Mirjalol Qosimov ham matbuot anjumaniga jamoaning etakchi futbolchilari bilan tashrif buyuradi. Bunda anjuman odatdagi ko‘rinishda emas, bayramona ruhda o‘tishi asosiy ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayonni istalgan futbol muxlisi kuzatib borish imkoniyatiga ega.

O‘zbekiston kubogi g‘olibiga topshiriladigan yangi sovrin ham shu kuni “Samarqand darvoza”ga olib kelinadi. Istovchilar uning fonida futbolchilar hamda murabbiylar bilan suratga tushishlari mumkin.

“Paxtakor” va AGMK klublari muxlislari o‘z suyukli futbolchilaridan dastxat olish, ular bilan yuzma-yuz suhbatlashish imkoniyatga ega bo‘lishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, “Samarqand darvoza” savdo-ko‘ngilochar markazidagi tadbir 25 oktyabr — juma kuni soat 19:00 da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Zaur Axmed
22/10/2019 23:54
Ana endi odamlarni chaqirish, qiziqtirish yõllarini topyapsilar. Molodec)
Zaur Axmed
22/10/2019 23:53
Sna endi odamlarni chaqirish, qiziqtirish yõllarini topyapsilar. Molodec)