O‘zbekiston kubogi finalining eng yaxshi futbolchisi kim bo‘ldi?

  • 20.12.2020 19:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola O‘zbekiston kubogida final uchrashuvi o‘z yakuniga etdi. Hal qiluvchi bellashuvga etib kelgan AGMK va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 3:0 hisobida "sherlar" foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuvdagi gollarga Dragan Cheran hamda Jaloliddin Masharipov mualliflik qildi. Serbiyalik futbolchi dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Masharipov ilk bor VAR orqali belgilangan penaltini golga aylantirdi.

O‘z gollari bilan "Paxtakor" g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan Cheran PFL tomonidan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi, deya e’tirof etildi.

photo_2020-12-20_17-35-00

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!