O'zbekiston kubogi. "H" guruhida 2-turdan keyin vaziyat qizg'inlashdi

  • 21.05.2026 21:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"H" guruhida ikki turdan so‘ng “Nasaf” va “Andijon” 4 ochkodan jamg‘arib, peshqadam bo‘lib turibdi. Qarshiliklar to‘plar nisbati bo‘yicha birinchi o‘rinni egalab turishibdi — 7:2.

“Sho‘rtan” esa 3 ochko bilan uchinchi pog‘onada bormoqda. “Havokand” hozircha ochko jamgara olmadi.

2-turning markaziy bahsida “Andijon” va “Nasaf” o‘zaro 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Shu bilan birga, “Sho‘rtan” mehmonda “Havokand”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Endi barcha masala 3-turda hal bo‘ladi. 26 may kuni:

“Nasaf” — “Sho‘rtan”
“Havokand” — “Andijon”

uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!