O'zbekiston kubogi. Ikki jamoa keyin bosqich masalasini hal qildi

  • 14.05.2026 20:11
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston kubogining "C" guruhida ikki turdan keyin "So‘g‘diyona" va "Olimpik Mobiuz" yetakchilik qilmoqda.

Jizzax klubi dastlab "Respublika FA"ni 5:2 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi turda "Mash’al"dan 2:1 hisobida ustun keldi. Natijada jamoa 6 ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi.

"Olimpik Mobiuz" esa birinchi turda "Mash’al"ni 3:1 hisobida yengdi. Keyingi bahsda jamoa "Respublika FA" ustidan minimal — 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikki turdan keyin guruh jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan:

"So‘g‘diyona" — 6 ochko
"Olimpik Mobiuz" — 6 ochko
"Mash’al" — 0 ochko
"Respublika FA" — 0 ochko

3-tur doirasida 19 may kuni "So‘g‘diyona" — "Olimpik Mobiuz" hamda "Respublika FA" — "Mash’al" uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Shu orqali, "So‘g‘diyona" va "Olimpik Mobiuz" 1/8 final bosqich masalasini hal qildi va guruhdan chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!