O‘zbekiston kubogi. “Nasaf” ilk turda yirik hisobda g‘alaba qozondi
O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi davom etmoqda.
“H” guruhining 1-turidan o‘rin olgan bahsda “Nasaf” o‘z uyida “Havoqand”ni yirik 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Zafarmurod Abdurahmatov hamda Bobur Abduholiqov dubl qayd etgan bo‘lsa, Yusuf Olubanjo va Sharof Muhiddinov bitta-dan gol kiritdi. Mehmonlarning yagona javob goliga esa Salohiddin Musayev mualliflik qildi.
Shu tariqa, “ajdarlar” ilk turda 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.
- O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
- Guruh bosqichi
Nasaf
- Zafarmurod Abdirakhmatov 2'
- Zafarmurod Abdirakhmatov 16'
- Sharof Mukhiddinov 23'
- Bobur Abdikholikov 25'
- Yusuf Otubanjo 40'
- Bobur Abdikholikov 84'
Tugadi
6
:
1
16.05.2026 19:30
Havoqand
- Musayev 90'

Fikrlar