
O‘zbekiston kubogi. "Olimpik" va "Surxon" kutilganidek keyingi bosqichga yo‘l oldi (guruhdagi holat)
O‘zbekiston kubogi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Lokomotiv-BFK" va "Olimpik" - "Chig‘atoy" uchrashuvlari yakunlandi.
"Paxtakor" stadionida kechgan bahsda "Surxon" o‘ta yirik 6:0 hisobida zafar quchdi. "Jar"dagi o‘yinda esa "olimpiyachilar" Birinchi liga klubi "Chig‘atoy"ni tor-mor keltirdi.
Shu tariqa, 5 ochkosi bor Timur Kapadze shogirdlari va termizliklar pley-offga yo‘l oldi. To‘plar farqiga ko‘ra "Olimpik" peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar