
O‘zbekiston kubogi. O‘z uyida "Qizilqum"ga mag‘lub bo‘lgan "Lokomotiv" guruhda qolib ketdi
O‘zbekiston kubogi "D" guruhi 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
"Lokomotiv" o‘z uyida "Qizilqum"ni qabul qildi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. O‘yindagi yagona gol 32-daqiqada raqib himoyachilarining qo‘pol xatosidan so‘ng, Fayzullobek Jumanqo‘ziev tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" turnirni tark etdi, navoiyliklar guruhda 6 ochko bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.
- O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
- Guruh bosqichi

Lokomotiv
27.04.2024 16:30

Qizilqum
- F. Jumankuziev 32'
"Olimpik Mobiuz" - "Zomin" qarama-qarshiligida ham minimal hisob qayd etildi. Burchak zarbasidan so‘ng jarima maydonchasi ichida kelgan tartibsizlikdan 26-daqiqada Muhammadali Zohidov foydalana oldi.
Guruhda 7 ochko jamg‘argan "Olimpik Mobiuz" birinchi o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
- O'zbekiston - O'zbekiston kubogi
- Guruh bosqichi

Olimpik Mobiuz
- Muhammadali Zohidov 27'
27.04.2024 16:30

Zaamin
Guruhdagi holat quyidagicha:
Fikrlar