O'zbekiston kubogi. "So'g'diyona" so'nggi daqiqalarda g'alabani ilib ketdi
O‘zbekiston kubogi "C" guruhining 3-tur bellashuvlari yakunlandi.
Ulug‘bek Baqoev boshqaruvidagi "So‘g‘diyona" o‘z maydonida "Olimpik MobiUZ"ni qabul qilib, 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Muhammadali Zohidov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Sardor Hoshimov 60-daqiqada penaltidan gol urib, farqni yo‘qqa chiqardi. 88-daqiqada Umid Sultonov, 90+4-daqiqada Inomjon Abdumajidov o‘z nomlarini tabloga yozdirgan holda, jamoasiga navbatdagi g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, jizzaxliklar guruhni 9 ochko bilan 1-o‘rinda yakunladi.
- O'zbekiston - Kubok
- Guruh bosqichi
So'g'diyona
- Sardorbek Khoshimov 60'
- Umid Sultonov 88'
- Abdumajidov 90'
Tugadi
3
:
1
19.05.2026 18:00
Olimpik Mobiuz
- Mukhammadali Zokhidov 21'

Fikrlar