Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O'zbekiston kubogi uchun saralash bahslari yakunlandi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Kubokning so‘nggi ikki ishtirokchisi nomi ma’lum

29 mart kuni O‘zbekiston kubogiga saralashning 3-bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi ikki uchrashuv yakunlandi.

Kuning birinchi bellashuvi Samarqandning “Azur” hamda Sirdaryoning “Guliston” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda tomoshabinlar faqatgina bitta gol guvohi bo‘lishdi. Bahsdagi yagona golni 87-daqiqasida “Guliston” klubi futbolchisi Shoxjaxon Yunusov  kiritdi va jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi. 

Kuning dramatik va sermahsul kechgan qarama-qarshilik esa Qo‘qonning “Hovokand” va Toshkentning “Oqtepa” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda muxlislar oltita golga guvoh bo‘lishdi va bahs 3:3 hisobida yakunlanib, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo‘ldi. Seriyada esa omad qo‘qonliklarga nasib etdi 3:2.

Ma’lumot uchun, ikkala uchrashuvda ham g‘alaba qozongan jamoa O‘zbekiston kubogining guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q