O‘zbekiston kubogiga saralashning 2-bosqichi start oladi

  • 24.03.2026 18:10
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston kubogiga saralashning 2-bosqichidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Birinchi bellashuvda Qoraqalpog‘iston hamda Toshkent viloyatining futbol akademiyalari bahs olib bordi. Uchrashuv qoraqalpog‘istonliklar 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Qoraqalpog‘iston futbol akademiyasi safida Damir Nizanov dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, Toshkent viloyatining yagona goliga esa Husan Namozov mualliflik qildi. 

Kuning ikkinchi uchrashuvda Ahmadov hamda Navoiy futbol akademiyali kuch sinashdi. Bu bahsda Ahmadov akademiyasi 5:2 hisobida navoiyliklardan ustun keldi. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston kubogining 3-bosqichida Qoraqalpog‘iston futbol akademiyasi Ahmadov futbol akademiyasiga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!