O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

  • 8 oktabr, 2024, 21:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida (AOKA) O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda tashkilot tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etildi:

Tecno

- Qayd etilishicha, Shveytsariyaning Lozanna shahrida Butunjahon antidoping agentligining Yillik simpoziumida O‘zbekiston milliy antidoping agentligi direktori A.Sadikov va agentlik mutaxassislari ishtirok etishdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston va Litva agentliklari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

- Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti va O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida me’morandum imzolandi va birgalikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.

- Respublikamizda faoliyat yuritayotgan federatsiya (assotsiatsiya)larning sportchi, sport shifokorlari va murabbiylariga antidoping ta’limoti bo‘yicha seminarlar joriy yilning 9 oy davomida 16 marotaba, hamda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga 4 marotaba vebinarlar o‘tkazildi. 

- Sportchilar uchun antidoping ta’lim platformasida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi o‘quv kursi joylashtirildi va foydalanishga topshirildi.

- Respublikamizdagi jami 246 ta sport maktablaridan 20 000 dan ortiq sportchi, murabbiy va tibbiyot xodimlari uchun talim-uznada.uz (antidoping ta’limoti) va dori-uznada.uz (sportda taqiqlangan dori vositalarini tekshirish) elektron platformalardan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. 

- WADA tomonidan Parij-2024 olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga qatnashuvchi sportchilar uchun  ADEL dasturi bo‘yicha  o‘quv kursi ishlab chiqildi hamda WADAning elektron platformasiga joylandi. 

- O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan dori vositalari tarkibida taqiqlangan dori vositalarini tekshirish platformasi – https://dori-uznada.uz ga tarkibida taqiqlangan substantsiyalar tutuvchi 38000 turdagi dori vositalari, ularning tijoriy nomlari va ushbu dori vositalariga tegishli muhim ma’lumotlar kiritib borilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!