
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev Tokioda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev musobaqa davomida bir qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashmoqda. Jumladan, Muxtorxon Tashxodjaev Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatimizda Paralimpiya harakatini yanada ommalashtirish xususida fikr almashishdi va keng ko‘lamli, ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi. Kelajakdagi ushbu umumiy loyihalar albatta o‘z samarasini berishi ta’kidlandi.
Samimiy ruhda kechgan suhbat davomida Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Majid Rashed o‘zbekistonlik para atletlarning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida qayd etayotgan yuqori natijalarini mamnuniyat bilan tilga olgan holda, oldindagi bellashuvlarda ularga omad tiladi.
Fikrlar