O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA reytingida pastladi

  • 16.09.2021 13:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

FIFA terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. Tashkilot rasmiy saytida bugun chiqqan reytingga ko‘ra Belgiya birinchi o‘rinda, Braziliya ikkinchi va Angliya uchinchi pog‘onada qayd etilgan.

Shuningdek, Frantsiya, Italiya, Argentina, Portugaliya, Ispaniya, Meksika va Daniya termalari kuchli o‘nlikdan joy olgan.

webimage-Ranking-September-2021

O‘zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi reyting bilan solishtirganda bir pog‘ona pastlab 84-o‘ringa joylashdi. Srechko Katanets shogirdlari Osiyo qit’asida 12-jamoa bo‘lib turibdi.

photo_2021-09-16_13-33-26 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!