O‘zbekiston MTJ Iroqqa nega yutqazdi? Asosiy muammolarimiz nimalarda ko‘rinmoqda?

  • 30 mart, 2021, 13:05
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iroq bilan bahsda mag‘lubiyatga uchragani bois ko‘plab tanqidlarga uchramoqda. G‘alabadagi maqtovlar o‘zimizniki bo‘lganidek, mag‘lubiyatdan keyingi tanqidlarni ham to‘g‘ri qabul qilish haqiqiy professionallarning ishi.

Biz hozir termani tanqid qilish emas, balki uchrashuvdagi kamchiliklarimizni tahlil qilamiz.

Vadim Abramovdan Iroqqa qarshi bahsda yoshlarga e’tibor qaratishini kutgandim, shaxsan o‘zim. Chunki murabbiy Namangandagi bellashuvda jamoaning deyarli asosiy tarkibini ko‘zdan kechirib olgandi. Shundan kelib chiqib, o‘yin amaliyoti kamroq futbolchilarning maydonga tushishini taxmin qilgandim. Lekin unday bo‘lmadi. Etakchilar boshlang‘ich tarkibdan o‘rin oldi. Nega boshqalar emas? Avvallari Vadim Karlenovich boshqacha yo‘l tutardi. Ya’ni o‘rtoqlik uchrashuvlarida yig‘inga yangi chaqirilgan yoki umuman kutilmagan nomlarni sinab ko‘rardi. Bu gal esa...

Iroq terma jamoasi Toshkentda ilk bor shunday natijaga erishdi

IMG_9415

Raqib taktik o‘yin namoyish etdi. O‘yinga moslashib olgach o‘zini erkin tutdi. Futbolchilar kombinatsiyalar orqali termamizning kuchli pressingidan chiqishni uddaladi. Qarshi hujumga tayangan iroqliklar maqsadlariga erishdi. Iroqning zaxirasi ish berdi. Bizda esa aksi. Markazdan yorib kiradigan odam topilmadi. Natijada qanotlardan to‘p oshirilaverdi. Biroq uzaqmalar manziliga etib bormadi. 

Termaning darvoza va markaziy himoyasidan xavfsiragan Abramovning qo‘rquvi o‘rinli bo‘lib chiqdi. Ochig‘i, nega O‘tkir Yusupov yig‘inlarga jalb etilmayotganiga hayronman. U bir necha yildan beri yaxshi formadi va bir xil tempda o‘zini ushlab turibdi. Himoyaga esa biror bir fikr bildirishga ojizmiz. Tajribali deya aytadigan futbolchilarimiz hozirgi kunda bu chiziqlarga munosib emasdek. Ularning yoshi o‘tib bormoqda. Anzur Ismoilov katta o‘yinlarni ko‘rgan, himoyani boshqara oladigan futbolchi. Biroq tezlik haqida gap ketganda, uning o‘rniga boshqa variant qidirishga tushamiz. Gana B bilan bahsda ham bu yaqqol bilindi. Islom To‘xtaxo‘jaev va o‘zi asli yarim himoyachi, biroq oxirgi paytlarda himoyada harakat qilayotgan Azim Ahmedov ham qarshi hujumga dosh bera olmayapti. Tezkor hujumchi ulardan o‘tib ketmoqda. Rossiyalik Igor Golban termaga chaqirilayotgandi. Biroq u bu yig‘inga jalb etilmadi. Boshqalarni sinovdan o‘tkazishni maqsad qilgan ko‘rinadi Vadim Karlenovich. Umuman olganda, himoyamizga yoshroq va tezkorroq futbolchi juda zarur! Uning oldiga mayli tajribali himoyachi tursin. Chunki o‘sha katta futbolchi yosh sherigiga o‘rgatadi va qarshi hujumlarda unga suyanadi. Islom Qobilov bor. Biroq u ham tezkorlikda maqtana olmaydi.

9731570729878

Har doim yarim himoyamiz eng kuchli sanalgan. Ammo o‘sha nomlar ichidan muntazam tarzda raqib posbonini tahlikada ushlab turadigan, ya’ni zarbalar beradigan futbolchimiz yo‘q. Gana Gning 18-raqamdagi yosh futbolchisi yodingizdami? O‘sha “bolakay”ga to‘p kelib tushishi bilan darvozamizga uzoqda bo‘ladimi yoki yaqinda tinmay zarbalar berdi. To‘g‘ri, o‘sha kuni darvozabonimiz ishonchsiz harakat qilgani bois raqib zarbalar bergandir. Biroq bizning termamizda ham shunday aniq va muntazam tarzda kuchli zarba beradigan futbolchi yo‘q. Biznikilar esa zarba berishga qo‘rqadigandek, taassurot qoldiradi.

Muxlislar anchadan beri so‘rayotgan Sardor Rashidov yig‘inga jalb etildi va asosiy tarkibga kiritildi. Guvohi bo‘ldingizki, Rashidovning ayni paytdagi holati terma jamoaga tormas ekan.

IMG_8588

Masharipov muxlislar qarshisida o‘zini yaxshi his qiladi. U texnikasini ishga soladi. Lekin to‘pni o‘zida ko‘p ushlab qolishi, qanotlarda, standart vaziyatlarida jamoadoshlariga etkazib bera olmasligi pand bermoqda.

Eldor Shomurodovning vaziyatlardan foydalana olmayapti. Unga qandaydir aniqlik etishmayatgandek. “Jenoa”da ham bir maromda o‘ynay olmayotgan hujumchimizning holati O‘zbekistonning muhim o‘yinlari oldidan havotirimizni oshirdi.

IMG_9486

Odil Ahmedovning yo‘qligi sezildi. Termada lider ko‘rinmadi. Sardorimiz jamoani ruhlantirardi. Jamoadoshlarini tushkun kayfiyatdan chiqarishga intilardi. Sheriklariga maydonda kuch berardi. Shu narsa ko‘rindiki, Odil Ahmedov hali ham termada katta figura vaziyasini bajarar ekan!

9861573304087

Ko‘rib turganinzigdek, terma jamoamizning barcha chiziqlarida muammolar yuzaga kelgan. Futbolchilarimizning ko‘zida olov ko‘rinmayapti. Balandparvoz gap tuyulsa ham aytaman, vatanparvarlik ruhi etishmayapti. Iroqni ko‘ring. Har bir vaziyat uchun kurashmoqda. Pressing boshqa, kurashish boshqa. Notinch yurt vakili bizni o‘z uyimizda yutib ketyapti.

Vadim Abramov so‘zga usta murabbiy. Har qanday savolga ustalik bilan javob qaytaradi, vaziyatdan chiqib ketadi. Iroqqa qarshi bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida Karlenovich taktik jihatdan yutqizganini, ammo barchasi iyun oyida ko‘rishimizni ta’kidladi. O‘ylaymizki, terma jamoamiz ustozi yozgacha muammolarga echib topib, gapining ustidan chiqadi va jahon chempionati saralashining keyingi bosqichiga yo‘l olamiz. Bu borada futbolchilar va murabbiylarga kuch-quvvat tilaymiz!

6051573742013

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustamov Dilmurod
30/03/2021 05:04
Bizning futbolimiz kamchiligi terma jamoa vakili yo qarshida yo Toshkent jamoalaridan bulishi kerak qachon sugʻdiyona mashʼal Andijondan milliy termada oʻynaganini kurgansiz xatto sharhlovchilardan bu muammo borfutbolchi Toshkentda oʻynasa AZIMJON viloyatga oʻtishi bilan azimga. Aylanadi qoladi albatta ismni shartli ravishda qoʻlladim ABRAMOBNIXAM aybi yoʻq uxam nima qilsin super liga jamoalari murabbiylari yu koravullari oldindan chempion kim bulishini anip bilishsa yana nima emish TOSHKENT Namangandan qolishmadi emish mana muammo qayerda Xammamiz OʻZBEKISTONLIKMIZ axir bu MILLIYjamoaga muxlislik qilish Xam farzimiz Xam qarzimiz
&
Турсун Ғани
30/03/2021 23:57
Ким билади Ёшлар ўртасида ЖЧ да қатнашиб чорак финалгача етиб борган порлаган футболчилар Жиззаҳлик Аббос Маҳситалиев ва Темур Ҳакимов сингари футболчилар қайрда ўйнаяпти нега кўринмайди шу футболчилар ҳозир айни порлаган кучга тўлган вақтлари бўлиши керак эди. Улар Пол Погбага қарши ўйнаган. Нега йўқалиб қолди. Ким бунга сабабчи уларнинг ўзларими йоки бизнинг Жамиятми нима деб ўйлайсилар. Ўша таркибдан кимлар қолди ва термага кимлар ўйнаяпти. Журналистлар шулар ҳақида йозинглар. Мақола кутиб қоламиз сизлардан. Мен уларнинг ўша ўйинларини соғиндим. Улар иқтидорли эдилар. Қани улар қайси жамоада ёки алкаш бўлиб кетишдими. Бизда иқтидорларни йўқотиш шунчалик осонми. Аҳмад Убайдуллаев Дилшод Нуралиевлар иқтидорли мураббийлар эди. Киенги йошларни қанақа савияси паст мураббийлар олди натижалар ва иқтидорлар умуман чиқмай қолди оҳирги вақтларда. Иқтидори борларга имкон бериш керак , яҳши ишлаган мураббийларни қўллаб қуватлаш керак.Бизда иқтидорлар жуда кўп эди. Ҳозир қани ўшалар. Кунимиз Тўпни рақибга узатадиган Фарруҳ Сайфиевларга қолдими.
&
Турсун Ғани
30/03/2021 23:04
Расмий ўйинларда ғалабаларни қозониб ЖЧ га чиқсак бу мағлубият бизга сабоқ, мактаб вазифасини бажарган бўлади. Нималар ёзияпман ўзи. Балки Нестеровни жамоага қайтарган мақулдир. Тажриба катта, Одил Ахмед ва Анзур бўлганида Ютқизмасмидик Ироққа балкам...
&
Ободон
30/03/2021 14:33
Абрамов июнгача котокни хам уддалай олмаган бундан кейин хам уддалай ололмайди
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
30/03/2021 09:55
Qanday safiyasi pas jurnalist yozgan. fudbol sahal bulsa ham tushungan odam yuqmi saytka. Darvozabon zur utirdiki. qanaqasiga hato qildi. kur ham kurib turibti. tup sakrab sakrab kelapti darvozabonni chalgitadi. keyin himoyachila tup tepilgan vaqt. reyaksiyasi pas bulsa nima qilish kerak. Masharipov zur uynadiki. nichta mament qilib berdi. Rashidov tupni qizgonmaganiga bitta gol urib olganimizga. uyin boshqacha bulardiki. keyin Himoyaga Uzbekistonga Husniddin N1. Hozirgi kunga shu MTJ chaqirish kerak kuzi kur murabbiy bulsa ham. Husniddinni statistikasi uyindaki jihatlari bilmaydimi. keyin Otabek Shukurov tupni kup ushlap qoladi vaqtiga pas bermaydi. Akmal Mazgavoy borki urtaga kutilmagan paslari hamma jihati bor. Tugri Aziz bulsa zur edi lekin Jarahoti pand berdi. Urtaga. Zamina kech buldi bulmasa uyinni legiropka qiladigan urta uzi. himoyaga esa chaqirilganlarni berontasi uyinchi emaski. Islom ham Azim ham. Nasafka qarshi uyinlari kurganmiz shunchaki kuchukcha qilib tashlagan tezkor uyinchila. Qisqasi Murabbiy hatosi bu.
Rustamov Dilmurod
30/03/2021 04:51
Bizning futbolimiz kamchiligi terma jamoa vakili yo qarshida yo Toshkent jamoalaridan bulishi kerak qachon sugʻdiyona mashʼal Andijondan milliy termada oʻynaganini xatti sharhlovchilardan Xamraev bu muammo bir futbolchi Toshkentda oʻynasa AZIMJON viloyatga oʻtishi bilan azimga. Aylanadi qiladi albatta ismni shartli ravishda qoʻlladim ABRAMOBNIXAM aybi yoʻq uxam nima qilsin super liga jamoalari murabbiylari koravullari oldindan chempion kim bulishini anip bilishsa
Durbek Hakimov
30/03/2021 02:43
Savol keyingi bosqichga chiqish emas, jahon chempionatiga chiqish haqida bulishi kerak.