O‘zbekiston MTJ Toshkentda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

  • 01.10.2025 16:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Quvayt Futbol Assotsiatsiyasi o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida oktyabr oyidagi xalqaro tanaffus mobaynida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 9 oktyabr kuni Toshkentda Quvayt hamda O‘zbekiston Milliy terma jamoalari o‘zaro kuch sinashishadi.

Oradan 5 kun o‘tib esa, ya’ni 14 oktyabrda Quvayt Dubayda Marokash bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!