O‘zbekiston MTJning bugungi o‘rtoqlik o‘yinini ko‘pchilik kutgan sharhlovchi sharhlaydi
Bugun O‘zbekiston va Iordaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Vadim Abramov shogirdlari BAA yig‘ini doirasida ikkinchi o‘rtoqlik bahsida maydonga tushadi. Mazkur o‘yin BAA futbol assotsiatsiyasi maydonida O‘zbekiston vaqti bilan soat 18:00da start oladi.
Uchrashuv O‘FAning YouTube hamda Sportrecs platformalaridagi rasmiy sahifalarida jonli efirda translyatsiyasi qilinishi rejalashtirilgan. O‘yinni taniqli sharhlovchi Davron Fayziev sharhlab boradi. Bu haqda Davron Fayzievning o‘zi telegramdagi sahifasida ma’lum qildi.
O‘z navbatida ko‘plab muxlislar O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni Davron Fayziev sharhlashini sog‘ingandi. Bugun aynan u bosh jamoamizning o‘rtoqlik bellashuvini internetda sharhlab boradi.
Fikrlar