
O‘zbekiston MTJning o‘yiniga qancha muxlis tashrif buyurdi?
Xabaringiz bor, kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Ganadan tashrif buyurgan raqiblariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Vakillarimizning katta ustunligi ostida kechgan o‘yin 2:1 hisobida bizning foydamizga hal bo‘ldi. Namangandagi "Markaziy" stadionida bo‘lib o‘tgan bahs muxlislarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu bellashuvni 20 877 tomoshabin bevosita o‘yingohdan kuzatgan.
Endi Abramov boshchiligidagi "oq bo‘rilar" navbatdagi uchrashuvni Iroq MTJga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 29 mart kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar