
O‘zbekiston MTJning yangi bosh murabbiy Toshkentga qachon kelishi ma’lum bo‘ldi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan mamlakat milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash bo‘yicha ishlar olib borildi.
Jumladan, bir qator xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o‘rganib chiqildi. Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislarning tahlili va tavsiyasiga ko‘ra yakunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyligiga sloveniyalik tajribali mutaxassis Srechko Katanets nomzodi ma’qul, deb topildi.
O‘FA hozirga qadar sloveniyalik murabbiy bilan og‘zaki kelishuvga erishdi va kelayotgan haftada, aniqrog‘i 18 avgust kuni Srechko Katanets o‘zaro muzokaralarning yakuniy bosqichini o‘tkazish uchun yurtimizga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Fikrlar
Xorijli murabbiylaga berilgan imkoniyat:
Yurgen Gyode 2 ta o'yin. Nepomnshy 5/6 oy. Ektor Kuper 1 yil lekin ketidan nimala bo'ldi xar xolda kuper paytida xujum 20% Zashita 80% yaxshi edi faqat bazibir o'yinchila sotqinli qimaganini xisobga omasak