O‘zbekiston Superligasi xorij telekanallarida namoyish etilishi mumkin

  • 29.04.2020 14:13
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ayni paytda koronavirus tufayli chempionatlar to‘xtatilgan. Ayrim klublar va musobaqa tashkilotchilari chempionatlarni o‘tkazmaslik bo‘yicha qaror qilishgan, ba’zilar esa muxlislarsiz bo‘lsa-da, mavsumni yakunlab qo‘yishni o‘ylamoqda. Chunki teletranslyatsiyalardan katta daromad olinadi. Ammo kuchli beshlik chempionatlarida ligalar birma-bir mavsumni bekor qilmoqda.

Oxirgi kunlarda O‘zbekiston Superligasi qachon davom ettiriladi? degan savollar ko‘paygan. Agar ko‘plab chempionatlar bekor qilinsa, biz uchun katta imkoniyat bo‘lishi mumkin. Qanday deysizmi? Albatta, bu teletranslyatsiyalar bilan bog‘liq. Rossiyaning "Match TV" telekanali futbol yo‘q paytda chempionatni o‘tkazayotgan boshqa davlatlar ligasining translyatsiyasi qildi. Balki bizda ham karantindan so‘ng ommaviy sport tadbirlariga ruxsat berilsa, kamida "Match TV" boshqa chempionatlar yo‘qligi yoki kamligi uchun Superliga translyatsiya huquqini sotib olishi mumkin. Bu bizga reklama vazifasini bajarib beradi. Balki futbolchilarimiz uchun kuchli chempionatlarga eshiklar ochilar.

O‘z navbatida PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi sahifasida shunga ishora qildi.

O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqish uchun Saudiya Arabistoni va Yaponiya tajribasini qo‘llagani ma’qulmi?

3331581192255

Odil va Eldorga jahon chempionati armon bo‘lib qolmasin

Karantindan so‘ng uchrashuvlar ma’lum muddat muxlislarsiz o‘tkaziladi. Faqat bitta shart bilan — uchrashuvlarning barchasi, albatta, jonli namoyish etilishi kerak. Bu birinchi navbatda O‘zPFL hamda klublar tomonidan imzolangan homiylik shartnomalari shartlarini himoya qiladi, ikkinchi navbatda muxlislar uchrashuvlarni bevosita ko‘ra olish imkoniga ega bo‘ladi va tabiiyki, shaffoflik yuzaga chiqadi. Uchinchi tomondan esa Evropaning bir qator chempionatlarida tanaffus ekani kutilmaganda katta e’tiborning O‘zbekistonga qaratilishiga turtki bo‘lishi mumkin, - dedi PFL vakili.

Demak, barchasi o‘zimizga bog‘liq. Uyda qolib, karantin qoidalariga rioya qilsak, tezroq bu virusdan qutulamiz. Karantin tugagach esa futbol bahslaridan yana bahramand bo‘lishimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Яшин Ш.И
30/04/2020 18:14
Диёрбек биринчи уринда хакамларимизни огохлантириб куйиш эсдан чикмасин, уларни харакатларини бутун жахон томоша килаётганлигини билишсин, урганган кунгил уртанса куймас деганларидек таг'ин уйин давомида котта окаларини севимли жамоаларини куллаб юбормокчи булиб шарманда булиб колишмасин, ахир уларга "инсон фактори" ва яна алламбало факторлар утмайди.
Ibpax Ibragimic
29/04/2020 21:10
Буларга пул кераку Европа футболчиларимизга кизикиш билдирса оти каласидай пул сурашади йулида киб чикариб юборса яхширокмидикан ихтидорлар бизда куп бита нарса чета уйнаган лиегонер уйнчиларимиз уйинлари узбда уйнейдигон тубдан кучлироми бизи рахбарларимиз дагаса шуна футболчиларимиз чарчап колишади мутахасис зормас бизда кандай килиб Тернер бувоган билмадим таниш билишми
&
Нодирбек жовлиев
29/04/2020 15:26
Булар енди тӯйдан олдин ноғара чалиб бошлашди