
O‘zbekiston tarixida ilk marotaba qizlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan bokschiga avtomobil sovg‘a qilinadi
Bir necha kun avval, Polshada boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati tashkil etildi. Ushbu JChda o‘zbek boksi tarixida ajoyib natija qo‘lga kiritildi. Boksimiz tarixida ilk marotaba o‘zbek qizi jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Qizimizning ushbu muvaffaqiyati kelajak avlodga ham o‘ziga yarasha motivatsiya bo‘lishi lozim. Shuni inobatga olgan holda jahon chempioni Nigina O‘ktamovaga avtomobil sovg‘a qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot kotibi xabar berdi.
Avtomobil kalitlarini topshirishga bag‘ishlangan tadbir ertaga, 26 aprel kuni O‘zbekiston boks federatsiyasi binosida o‘tkaziladi. Tadbir soat 11:30dan so‘ng boshlanadi.
Fikrlar