Zokirov, Xolmatov, Xalmaxanov va yana bir qator sport yulduzlarimiz "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlandi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, bir qator sport yulduzlarimiz "Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlandi!
Zokirov Jahongir Lazizbek o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Jizzax viloyati)
Xudoyberdiev Dilshodjon Rayimberdi o‘g‘li - Samarqand viloyati suv sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘limi sportchisi (Samarqand viloyati)
Xolmatov Otabek Shuxrat o‘g‘li - Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining otryad katta mutaxassisi (Sirdaryo viloyati)
Qosimxojiev Najmiddin Abdujabbor o‘g‘li - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 4-bosqich talabasi (Surxondaryo viloyati)
Xalmaxanov Aytjan Daniyor o‘g‘li - Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 2-bosqich talabasi (Toshkent viloyati)
Begmuratov Humoyun Husniddinovich - Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zosi (Toshkent shahri).
Bu haqida "president.uz" sayti xabar bermoqda.

Fikrlar