Asosiy mazmunga oʻtish

Dzyudo

O‘zbekiston terma jamoasi Ostonadagi turnirni muvaffaqiyatli boshladi

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Dzyudochilarimiz musobaqaning birinchi kunida -66 kg vazn toifasida ajoyib ishtirokni amalga oshirishdi

Dzyudochilarimiz musobaqaning birinchi kunida -66 kg vazn toifasida ajoyib ishtirokni amalga oshirishdi. Abdurahim Nutfulloev oltin, Anvarjon Ibrohimov esa uchinchi o‘rin uchun kechgan bahsda mezbonlar vakilini mag‘lubiyatga uchratib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Ushbu natijalar sabab O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda ikkinchi o‘rindan joy egallab turibdi. Bugun bellashuvlar o‘rta vazn toifalarida davom etadi, ertaga esa og‘ir vazn toifasidagi polvonlarimiz tatamiga ko‘tariladi.

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q