O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya, Bolgariya, "Shaxtyor" va boshqalar bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

  • 28.01.2020 12:10
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol

Xabaringiz bor, shu yilning oktyabr oyida O‘zbekistonda 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Unda ishtirok etadigan Timur Kapadze boshchiligidagi yoshlar terma jamoamiz qizg‘in tayyorgarlik ishlarini olib bormoqda.

Terma jamoamiz har oy yig‘inlar tashkil etmoqda. Navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini ertaga, 29 yanvar kuni start oladi. Timur Kapadze boshchiligidagi jamoamiz 2 kun davomida Toshkentda mashg‘ulotlar olib boradi va so‘ngra 31 yanvarda Turkiyaga yo‘l oladi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Turkiyada tashkil etiladigan yig‘in 12 fevralga qadar davom etadi. Yig‘in doirasida 5 ta o‘rtoqlik o‘yini ham tashkil etiladi.
O‘rtoqlik o‘yinlaridagi raqiblar:

2 fevral – Bolgariya U-19

4 fevral – “Levski Sofiya” (Bolgariya)

6 fevral – Bolgariya U-19

8 fevral – “Shaxtyor” U-21 (Ukraina)

11 fevral – Rossiya U-19

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Сурхон К
28/01/2020 12:42
Пул кеткизиб халкни пулини совириб келинглар. Силарам шуда охирида ширрики пук чичасанлар. Бошка тариф йук силарга.
&
Сурхон К
28/01/2020 12:41
Пул кеткизиб халкни пулини совириб келинглар. Силарам шуда охирида ширрики пук чичасанлар. Богка тариф йук силарга.