O‘zbekiston terma jamoasi to‘rtta o‘yinda 88 ta gol urdi

  • 17.04.2026 15:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Xokkey
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Shu kunlarda xokkeyning “B” guruhi uchinchi divizionida o'tayotgan jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 88 ta gol urdi.

O'zbekiston to'rtta o'yin o'tkazib, ularning har birida katta hisobda g'alaba qozondi. Jamoa Mo'g'uliston (26:1), Filippin (28:3), KXDR (20:3) va Lyuksemburg (14:0) terma jamoalarini mag'lub etdi. Rekord ayni damda lyuksemburgliklar bilan bo'lib o'tgan so'nggi o'yinda yangilandi, bu yilga qadar ushbu turnirda bir o'yinda eng ko'p golni Qirg'iziston xokkeychilari kiritgan edi (2023 yilda 76 ta gol).

O'zbekiston yana bitta o'yin o'tkazishi kerak - Gonkong terma jamoasi bilan. “B” guruhida g'alaba qozongan O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhiga yo'l oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!