O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Evropa jamoasi bilan o‘yin o‘tkazadi

  • 30 dekabr, 2019, 11:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2022 saralashi ikkinchi bosqichi “D” guruhida 5 ta uchrashuvdan so‘ng 9 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining 1-pog‘onasini egallab turibdi.

Tecno

2020 yilda bosh jamoamizni mazkur saralash bosqichi doirasidagi 3 ta juda muhim o‘yin kutib turibdi. Navbatdagi uchrashuvda Vadim Abramov shogirdlari 31 mart kuni Yaman mehmoni bo‘lishadi.

Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik doirasida terma jamoamiz 23 fevral kuni Dubayda Belarus terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazishi haqida oldinroq ma’lumot bergan edik. Bosh jamoamiz mart oyida Toshkentda ham o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.  26 mart kuni Armaniston terma jamoasi poytaxtimizda mehmon bo‘ladi. Aynan mana shu uchrashuv Yaman bilan o‘yin oldidan yakuniy tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. 

Manbaa O‘FA.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!