O‘zbekiston terma jamoasi yana Rossiya bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkin!

  • 8 yanvar, 2024, 16:18
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov 2024 yilda O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish ehtimoli haqida gapirdi.

"Rossiya terma jamoasi bilan bu yil o‘yin o‘tkazishimiz mumkin. Bizda jahon chempionatiga saralash o‘yinlari rejalashtirilgan, FIFA bo‘sh kunlari bo‘ladi, shu bois bu tanaffuslarda O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilishiz mumkin. Hozir bor e’tiborimiz Qatardagi Osiyo kubogiga qaratilgan”, - dedi Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyida vakillarimiz Valeriy Karpin shogirdlari bilan Toshkentda o‘ynagandi va golsiz durang qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!